«uzbekistan airways» tegli maqolalar


Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi
19 oktabr 2023, 10:13

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi

Prezident Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters ustav kapitaliga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Uzbekistan Airways pensiya yoshidagi fuqarolarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi
17 oktabr 2023, 11:09

Uzbekistan Airways pensiya yoshidagi fuqarolarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi. Chegirma 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar amal qiladi.

Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona
12 oktabr 2023, 09:13

Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni davom ettirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.

Uzbekistan Airways senatorning aviakassalardagi byurokratiya haqidagi tanqidiga javob qaytardi
4 oktabr 2023, 14:28

Uzbekistan Airways senatorning aviakassalardagi byurokratiya haqidagi tanqidiga javob qaytardi

O‘tgan hafta Senatda Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda pasportning asl nusxasi talab qilinishini tanqid qilindi. Kompaniyaning qayd etishicha, bunday talab yo‘q, biroq xorijga chiptalar sotilayotganda yo‘lovchi va aviakompaniyaga jarima sanksiyalari qo‘llanmasligi uchun vizali pasport so‘raladi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
6 sentabr 2023, 12:23

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Reyslar hafta davomida Toshkent−Zomin−Samarqand yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Zominda aeroport ochildi
2 sentabr 2023, 09:27

Zominda aeroport ochildi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida aeroport ochildi. Terminal 30 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. 1-sentabr kuni u LET L-410 va Pilatus PC-24 samolyotlarini qabul qildi.

Uzbekistan Airways navbatdagi A320neo samolyotini qabul qilib oldi
30 avgust 2023, 16:30

Uzbekistan Airways navbatdagi A320neo samolyotini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways Xitoyning CALC kompaniyasidan 168 o‘ringa mo‘ljallangan navbatdagi A320neo samolyotini sotib oldi. Karbonat angidrid chiqarishi 50 foizga kamaytirilgan “ekologik toza” havo kemasidan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.

Uzbekistan Airways kompaniyasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 avgust 2023, 12:01

Uzbekistan Airways kompaniyasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Alisher Sattarov Uzbekistan Airways boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, Shaxzod Ikramov va Shuxratillo Yadgarovlar rais o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
11 avgust 2023, 09:34

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.

O‘zbekistonga Chexiyadan birinchi LET L-410 samolyoti keltirildi
15 iyul 2023, 20:01

O‘zbekistonga Chexiyadan birinchi LET L-410 samolyoti keltirildi

Toshkent xalqaro aeroportida Chexiyadan sotib olingan birinchi LET L-410 samolyoti kutib olindi. U mahalliy aviaqatnovlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ilk reys kelasi hafta Samarqand shahriga amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi
23 iyun 2023, 17:00

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi

Uzbekistan Airways 27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi.

Uzbekistan Airways 19−20-iyunda Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshiga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi
17 iyun 2023, 12:50

Uzbekistan Airways 19−20-iyunda Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshiga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi

Uzbekistan Airways 19 va 20-iyun kunlari Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha parvoz amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways yangi A320neo samolyotini qabul qilib oldi. Kompaniya livreyasini ham yangilamoqda
16 iyun 2023, 23:35

Uzbekistan Airways yangi A320neo samolyotini qabul qilib oldi. Kompaniya livreyasini ham yangilamoqda

Uzbekistan Airways parki o‘n sakkizinchi Airbus — A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi. Samolyotda bitta klass bo‘ladi — ekonom. Keyinroq salon ikki toifaliga aylantiriladi. Fyuzelaj rangi ham soddalashtirilgan — kompaniya tez orada samolyotlar tashqi ko‘rinishini yangilashni rejalashtirmoqda.

Uzbekistan Airways Chexiyadan LET L-410 samolyotlarini sotib oladi
15 iyun 2023, 20:22

Uzbekistan Airways Chexiyadan LET L-410 samolyotlarini sotib oladi

Uzbekistan Airways Chexiyaning LET L-410-E20 yengil samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ulardan O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlarda foydalanish rejalashtirilgan.

Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
7 iyun 2023, 15:24

Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
7 iyun 2023, 09:45

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha bo‘lgan barcha aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways doimiy reysi bilan Toshkentga keldi
23 may 2023, 21:25

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways doimiy reysi bilan Toshkentga keldi

Singapur prezidenti Halima Yaqub turmush o‘rtog‘i bilan davlat tashrifini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular Ostonadan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining oddiy reysida uchishdi.

“Samolyotda bitta katta oiladek edik”. Uzbekistan Airways ekipaji bortdagi tug‘ruq haqida so‘zlab berdi
28 aprel 2023, 23:19

“Samolyotda bitta katta oiladek edik”. Uzbekistan Airways ekipaji bortdagi tug‘ruq haqida so‘zlab berdi

26-aprel kuni Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Istanbulga uchayotgan samolyoti bortida o‘g‘il bola dunyoga keldi. Styuardessalar “Gazeta.uz”ga tug‘ruq qanday ro‘y berganini so‘zlab berishdi. “Samolyotda bitta katta oiladek edik — 246 qarindosh va hamma kutardi: kimdir nabirasini, kimdir jiyanini, ukasini”.

Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi
27 aprel 2023, 08:09

Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.

Uzbekistan Airways ilk bor A330 samolyotidan foydalanishni boshlaydi
22 aprel 2023, 09:06

Uzbekistan Airways ilk bor A330 samolyotidan foydalanishni boshlaydi

Uzbekistan Airways Litva kompaniyasidan uzoq masofalarga uchuvchi ikkita Airbus A330 samolyotini bir yil muddatga ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda ijaraga oldi. Ulardan birinchisi Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Mazkur samolyotning ilk reysi 23-aprel kuni Istanbulga rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting